Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.07.2018 15:03 Chop etish versiyasi

Mineral xomashyolar – iqtisodiyot tayanchi

Mineral xomashyolar – iqtisodiyot tayanchi

Xorazmda viloyat hududida konlardan foydalanish, mineral xomashyo bazasi holati, foydali qazilmalar zaxiralarini qayta ishlash, litsenziya olish jarayonlari masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Viloyat hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qo‘mitasi huzuridagi Tog‘-geologiya faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha Inspeksiya, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi viloyat mintaqaviy inspeksiyasi hamkorligida o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslar, yer qa’ridan foydalanishi bilan bog‘liq masalalarga aloqador idora va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.


Tadbirda foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlarini qurish hamda ulardan foydalanish, mineral xomashyo zaxiralari va ularni qazib olish bilan bog‘liq vazifalar, sohaga jalb etilayotgan zamonaviy texnologiyalar yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumot berildi.

A. Shokirov, O‘zA
2 402