Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.07.2018 11:27 Chop etish versiyasi

MIBga xorijlik tadbirkorlar nega tashakkurnoma yo‘llashdi?

MIBga xorijlik tadbirkorlar nega tashakkurnoma yo‘llashdi?
Tahririyatimizga, “Majburiy ijro byurosi xorijlik investorlarning ham huquqlarini himoya qilishi mumkinmi?” degan mazmundagi murojaatlar ham kelmoqda.

Ha, albatta, Majburiy ijro byurosi xorijlik investorlarning ham huquqlarini himoya qiladilar. Bunga misollar bor.

Masalan, “Navoiyazot” AJ Chexiya Respublikasidagi “AIK-EKO” Kompaniyasidan 11,150 AQSH dollari miqdorida qarzdorligi mavjud edi.

Majburiy ijro byurosi Navoiy shahar bo‘limi ish yurituvidagi Navoiy viloyat xo‘jalik sudining 2016 yil 18 yanvaridagi 21-1502/7524-sonli ijro hujjatiga asosan, qarzdor “Navoiyazot” AJdan undiruvchi Chexiya Respublikasidagi “AIK-EKO” Kompaniyasi foydasiga 11,150 AQSH dollar undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘yicha MIB Navoiy shahar bo‘limi tomonidan majburiy ijro harakatlari olib borildi. Natijada qarzdorlik to‘liq undirilib, davomida 11,150 AQSH dollari undiruvchining tegishli hisob raqamiga ko‘chirib berilgan.

Undiruvchi Chexiya Respublikasi Praga shahridagi “AIK-EKO” Kompaniyasi joriy yilning 11 yanvarida 011 sonli tashakkurnomasi bilan Majburiy ijro byurosi Navoiy shahar bo‘limi xodimlariga shaxsan tashakkurnoma ham yuborgan.

Bu kabi huquqiy himoya yurtimizda qonun ustuvorligining xorijliklar tomonidan e’tirof etilishiga yana bir asos desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

O‘zA
2 380