O‘zA O`zbek

08.11.2019 Chop etish versiyasi

MIB xodimlarining ish joyiga oila a’zolari taklif etildi

MIB xodimlarining ish joyiga oila a’zolari taklif etildi

Majburiy ijro byurosi Sirdaryo viloyat boshqarmasi tomonidan “MENING OTA-ONAM IShXONASIDA BIR KUN” loyihasi doirasida MIBda ishlovchi bir guruh xodimlarning oila a’zolari - ayollari, farzandlari viloyat boshqarmasiga taklif etildi. 

Dastlab Byuroning viloyat boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Nodirjon Jafarov tadbir ishtirokchilarini qutladi.

Bolajonlar boshqarmaning kutubxonasi bilan yaqindan tanishib, “Bolalar burchagi“dan o‘qish uchun kitoblar olishdi.

Tadbir davomida interaktiv o‘yinlar, intellektual viktorinalar tashkil etildi. Viktorina g‘oliblariga boshqarmaning esdalik sovg‘alari topshirildi.

Yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish va o‘z ota-onalarining kasblariga hurmat hissini singdirish tadbirning asosiy muhim maqsadlaridan biri bo‘ldi.

469
O‘zA