O‘zA O`zbek

08.05.2018 13:08 Chop etish versiyasi

Men bu kunni 25 yil kutdim

Prezidentimizning 2018-yil 5- apreldagi farmoniga muvofiq, Navoiy viloyatida ham o‘n nafar yurtdoshimizga O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi pasportlari topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar inson manfaatlarini ta’minlash, huquq va erkinliklarini himoya qilish, xalqimizning turmush farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Tashkilotchilar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilinganlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

– Qanchalik baxtiyor ekanimni so‘z bilan ifodalashim qiyin, axir men bu kunni 25 yil kutdim, – deydi “Navoiyazot” aksiyadorlik jamiyatining ammiak ishlab chiqarish 3-navbati laboratoriya boshlig‘i Z.Yo‘ldosheva. – 1993 yilda Tojikiston Respublikasidan Navoiyga doimiy yashash uchun ko‘chib kelganman. O‘tgan vaqt mobaynida fuqaroligi yo‘q shaxs maqomida yurdim. Hamma ishim joyida bo‘lsa ham ko‘nglimda qandaydir kemtiklik bor edi. Mana endi orzuim ushaldi. Davlatimiz rahbari va xalqimiz menga bildirgan yuksak ishonchni mehnatim bilan oqlashga harakat qilaman.

Nuriddin Rahimov, O‘zA
2 876