Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.02.2018 16:40 Chop etish versiyasi

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari g‘olib bo‘ldi

Mehribonlik  uyi  tarbiyalanuvchilari  g‘olib  bo‘ldi Chet el kapitali ishtirokidagi “Savdogar” aksiyadorlik tijorat banki mijozlarga sifatli bank xizmatlari ko‘rsatish bilan birga, qator ijtimoiy loyihalarni ham amalga oshirib kelmoqda.

Bank boshqaruvi tashabbusi bilan Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida mini-futbol bo‘yicha xayriya turniri o‘tkazildi. Unda tumandagi umumta’lim maktablari va 15-Mehribonlik uyi jamoalari o‘zaro bahslashdi. 

photo_2018-01-30_17-10-39.jpg

Murosasiz o‘tgan bahslarda 15-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari g‘olib bo‘ldi. Turnir g‘oliblari va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 

photo_2018-01-30_16-58-10.jpg

Ushbu xayriya turniri yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish va ularning jismoniy tarbiyaga qiziqishini oshirishga xizmat qiladi. “Savdogar” aksiyadorlik tijorat banki bu kabi musobaqalarni mamlakatimizning boshqa xududlarida ham o‘tkazishni rejalashtirgan. 

photo_2018-01-30_16-58-12.jpg

Bank axborot xizmati

9 354