Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.03.2018 15:15 Chop etish versiyasi

Mehr va e’tibordan bahramand ayollar

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda mamlakatimizda xotin-qizlar o‘z imkoniyat va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun barcha zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilayotgani ta’kidlandi. Ayniqsa, onalik va bolalikni muhofaza qilish, voyaga yetmaganlar va xotin-qizlar huquqlari himoyasining ishonchli kafolatlari mamlakatimizda inson huquqlarini ta’minlashda alohida o‘rin tutmoqda.

Yong‘in xavfsizligi institutida hozir 25 nafar xotin-qiz mehnat qilmoqda. Ular orasida davlat mukofotlari bilan taqdirlangan, xizmat uy-joylari bilan ta’minlanganlar ham bor.

– Xotin-qizlarga mehr va e’tibordan ko‘ra yaxshiroq sovg‘a bo‘lmasa kerak, – dedi institutning xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi, podpolkovnik Barno Yo‘ldosheva. – Biz davlatimizning yuksak e’tiborini har doim his etib yashaymiz. Ayollarga mamlakatimiz, hukumatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan ulkan g‘amxo‘rlik sababli o‘zimiz istagan kasb bilan shug‘ullanib, farzandlarimizni tarbiyalayapmiz. Ayol uchun bundan ortiq baxt yo‘q.

Yong‘in xavfsizligi institutida uzoq yillar mehnat qilgan, o‘z sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lgan bir guruh xotin-qizlarga esdalik sovg‘alari va mukofotlar topshirildi.

Tadbirda Ichki ishlar vazirligining ashula va raqs ansambli xonandalari hamda badiiy havaskorlik to‘garagi a’zolari ijrosida konsert dasturi namoyish etildi.

Go‘zal Sattorova, O‘zA
3 731