Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.03.2017 11:56 Chop etish versiyasi

Mehr tafti

Bu yil bahorning boshlanishi, iliq kunlar har yilgidan kechikayotgandek taassurot uyg‘otadi. Mart oyining uchdan biri o‘tgan bo‘lsa-da, havo harorati ko‘tarilayotgani sezilmaydi. Lekin bahorning dastlabki kunlarida poytaxtimizda Xalqaro xotin-qizlar bayramiga bag‘ishlab o‘tkazilgan tantanali marosimning taassurotu hayratlari har bir xonadonga o‘zgacha ruh olib kirgani, har bir oila bekasi, ayol qalbini qaynoq mehr tafti bilan to‘ldirgani bor gap.

Tadbirda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, barcha xotin-qizlarga alohida hurmat-e’tibor ko‘rsatgani, bayram bilan tabriklaganidan boshimiz ko‘kka yetdi.

Ayolni e’zozlash, xotin-qizlarga ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos azaliy qadriyatlarimizdan. Ko‘p mingyillik tariximizga nazar solsak ham, ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan an’ana va qadriyatlarimiz, milliy-ma’naviy merosimiz zamirida ham onalar, opa-singillarimiz va qizlarimizni asrab-avaylash, ularni ulug‘lashdek ezgu maqsadlar mujassamligini ko‘ramiz.

Vatanimiz mustaqillikka erishgach, bu boqiy qadriyat yanada keng ko‘lam, ulug‘vorlik kasb etdi. Ayolning nafaqat oiladagi bekalik o‘rni, balki jamiyatdagi ijtimoiy faolligi ham oshdi. Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib turmush sharoiti yaratish, ro‘zg‘or yumushlarini yengillashtirish masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning “Ayol baxtli bo‘lsa, oila baxtli, oila baxtli bo‘lsa, jamiyat mustahkam”, degan chuqur ma’noli so‘zlari ushbu yo‘nalishda olib borilgan amaliy harakatlarning bosh maqsadiga aylandi.

Davlatimiz rahbari tadbirda bu boradagi ishlar yangi bosqichda izchil davom ettirilishini qayd etish bilan birga, oldimizda turgan muhim vazifalarga ham alohida e’tibor qaratdi. Xususan, xotin-qizlar uchun bugungi kun talablari darajasida shart-sharoit yaratish, tibbiy xizmat sifatini oshirish, onalik va bolalikni muhofaza qilish, ayollarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, farzand tarbiyasida oila, mahalla, ta’lim muassasasi hamkorligini yanada mustahkamlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilab berdi. Bu vazifalarni amalga oshirishda biz – ayollar ham faol ishtirok etib, ushbu ezgu maqsadlar ro‘yobiga o‘z hissamizni qo‘shamiz.

Poytaxtdagi bayramdan bahoriy iliqlik, yangilanish va yasharish nafasini his qilib qaytdik. Bir necha kunki, ana shu ko‘tarinki ruh, yuqori kayfiyat bilan viloyatimizda o‘tkazilayotgan bayram tadbirlarida qatnashib, taassurotu hayajonlarimizni opa-singillarimiz, qizlarimiz bilan baham ko‘ryapmiz.

Zaynab Haydarova,

Samarqand viloyati, Narpay tumanidagi
“Mehnat-rohat” fermer xo‘jaligi boshlig‘i.

O‘zA
2 228






Все о погоде - Pogoda.uz