O‘zA O`zbek

01.06.2018 18:52 Chop etish versiyasi

“Mehr nuri chashmalari”

“Mehr nuri chashmalari”
Shu nomdagi tadbir bolajonlarda olam-olam quvonch bag‘ishladi.

Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazi bolalarni himoyalash bo‘yicha samarali faoliyat olib bormoqda. Ota-ona qaramog‘isiz, yetim, imkoniyati cheklangan, notinch oilalar, ijtimoiy-huquqiy xatar guruhidagi, iqtidorli bolalarning muammolari markazning doimiy e’tiborida.

Markazda Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Mehr nuri chashmalari” deb nomlangan bayram tadbiri o‘tkazildi. Unda imkoniyati cheklangan bolalar, ularning ota-onalari va yaqinlari ishtirok etdi.

Turli vazirlik va idoralardan taklif qilingan mehmonlar bolalarni bayram bilan qutladi. Sovg‘alar ulashildi, konsert dasturi barchada iliq taassurot qoldirdi.

M.Toshqorayeva, O‘zA
3 538