O‘zA O`zbek

04.09.2018 20:23 Chop etish versiyasi

Mehr, eʼtibor hech bir qalb uchun begona emas

Mehr, eʼtibor hech bir qalb uchun begona emas Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga Toshkent shahrida joylashgan 21-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari taklif etildi.

Dastlab universitetga hayajon va qiziqish bilan kelgan bolajonlar uchun multfilm qahramonlari ishtirokidagi qiziqarli oʻyinlar, sanʼatkorlar qatnashgan qisqa konsert namoyish etildi. Soʻngra dasturxon yozilib, osh tortildi.

Bugun biz universitetimizga birinchilardan boʻlib binomiz yonginasida joylashgan 21-sonli mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini taklif etdik — deydiOʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga rektori Sherzodxon Qudratxoʻjayev. Bolajonlar uchun universitetimiz eshiklari hamisha ochiq, yozgi kinoteatrimizdan foydalanishlari mumkin, ular bilan birgalikda tadbirlar qilamiz. Avval ham ular bilan bir necha bor uchrashib suhbatlashganman. Bolalar orasida kelajakda jurnalist boʻlishni niyat qilganlari ham borligi bizni juda quvontirdi. Bugungi tadbirni tashkil etishda ham bizga bir qancha tashkilotlar koʻmaklashdi.

Shundan soʻng bolalar universitet boʻylab ekskursiya qilishdi va bino hovlisida joylashgan yozgi kinoteatrda multfilm tomosha qilishdi.

Bugun Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida tashkil etilgan tadbirdan bizning tarbiyalanuvchilarimizning kayfiyati anchayin koʻtarildi. Umid qilamizki, bolalarimiz ham kelajakda mana shunday muhtasham universitetda oʻqish baxtiga ega boʻlishadi — deydiToshkent shahrida joylashgan 21-sonli mehribonlik uyi rahbari Oʻlmasjon Kamolov.

Tadbir yakunida tashkilotchilar tomonidan bolajonlar uchun sovgʻalar ulashildi.

Inobat Ahatova, OʻzA
2 666