O‘zA O`zbek

13.04.2018 10:30 Chop etish versiyasi

Mehnatning samarasi

Mehnatning samarasi Prezidentimiz farmoniga muvofiq, 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan turli sohalarda samarali mehnat qilayotgan bir guruh ayollar faxriy unvonlar, orden va medallar bilan mukofotlandi. Taqdirlanganlar orasida Qarshi shahridagi “Sanam” mas’uliyati cheklangan jamiyatining tikuv sexi ustasi Lola Navro‘zova ham bor.

“Shuhrat” medali sohibasi Lola Navro‘zova rahbarligidagi sexda ayni paytda 60 nafardan ziyod xotin-qiz ish bilan band. Korxona o‘tgan yili ichki va tashqi bozorga 2 milliard 898 million so‘mlik mahsulot chiqardi.

– Insonning kamolotga erishuvi, hayotda o‘z o‘rnini topishida u egallagan kasb yoki hunarning o‘rni chindan ham muhim, - deydi L.Navro‘zova. – O‘zimning sevimli ishim, qo‘li gul shogirdlarim bor. “Ustoz-shogird” tizimida o‘rgatish va o‘rganishning asosiy uslubini shaxsiy namuna ko‘rsatish, tinimsiz mehnat qilish, deb bilaman. Barcha sharoitlar muhayyo etilgan korxonamiz yildan-yilga rivojlanmoqda. Bu yutuqlarda oz bo‘lsa-da, hissam borligidan faxrlanaman.

1.jpg

4 (1).jpg

Jamshid Norqobilov (surat) O‘zA
4 223