Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.09.2017 18:31 Chop etish versiyasi

Media sohadagi xalqaro hamkorlik

Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi tomonidan "Media sohasida xalqaro aloqalar – zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallashning muhim omili" mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Jurnalistlar ijodiy uyushmasi raisi S.Hakimov va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan adabiyot, san’at, madaniyat bilan bir qatorda ommaviy axborot vositalari sohasi ravnaqiga doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotganini ta’kidladi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 3-avgust kuni ijodkor ziyolilar bilan uchrashuvi chog‘ida ma’naviy-ma’rifiy jabhalar kabi ommaviy axborot vositalarini bugungi shiddatli zamonga hamohang rivojlantirishga oid masalalar, soha xodimlari zimmasidagi muhim vazifalar belgilab berildi. 2017-yil 10-avgust kuni qabul qilingan O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaror bu boradagi amaliy g‘amxo‘rlikning yorqin tasdig‘idir.

Mamlakatimiz ommaviy axborot vositalarining xalqaro media maydonga integratsiyalashuvida jahondagi nufuzli nashrlar, ijodiy kompaniyalar bilan samarali aloqalar o‘rnatish, AKT va xorijiy tillarni puxta egallash muhim ahamiyat kasb etadi. Keyingi yillarda yurtimiz ommaviy axborot vositalarida mehnat qilayotgan bir guruh jurnalistlar xorijda malaka oshirdi. Milliy jurnalistikamiz rivojida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan bu yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi bu borada hamkor tashkilotlar bilan birgalikda muayyan ishlarni olib bormoqda. Xususan, "Oltin qalam" Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov doirasida keyingi yillarda uyushma hamkori bo‘lgan xalqaro tashkilotlar media mutaxassislar uchun xorijiy safarlarni tashkil etmoqda. Bunday loyihalar davomida xodimlar uchun nufuzli axborot agentliklari, yetakchi nashrlar faoliyati bilan tanishish, chet ellik hamkasblar bilan tajriba almashish imkoniyati yaratildi. YuNESKOning yurtimizdagi vakolatxonasi tomonidan Fransiya, Estoniya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarga tashkil etilgan safarlar buning isbotidir.

Ayni paytda Xitoy Xalq Respublikasi bilan ham media sohada keng qamrovli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani e’tiborga molik. Uyushma tomonidan XXRning yurtimizdagi elchixonasi bilan birgalikda tashkil etilgan media-tur ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

– Xorijiy safar har jihatdan foydali bo‘ldi, – deydi "Saodat" jurnali bosh muharriri Feruza Jalilova. – Biz Xitoyning yetakchi ommaviy axborot vositalari faoliyati bilan yaqindan tanishdik, tajriba almashdik. Shuningdek, yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida xorijlik hamkasblarimizga so‘zlab berdik.

Anjumanda media-turda qatnashgan ijodkorlar o‘z taassurotlari haqida so‘zlab berdi.

Nazokat Usmonova, O‘zA
1 145






Все о погоде - Pogoda.uz