O‘zA O`zbek

09.04.2018 19:29 Chop etish versiyasi

Me’yordan ortiq tutun chiqaradigan avtomobil egalariga chora ko‘riladi

Me’yordan ortiq tutun chiqaradigan avtomobil egalariga chora ko‘riladi – Tekshiruvlarda is gazi va tutun qalinligi bo‘yicha me’yordan ortiq ko‘rsatkich aniqlangan avtomobillar egalariga kamchiliklarni bataraf etish bo‘yicha choralar ko‘riladi. 2017-yilda o‘tkazilgan “Toza havo” tadbirida 26 ming 839 avtoulov ko‘rikdan o‘tkazilib, 1 ming 100 dan ortig‘ida havoga chiqayotgan tutun qalinligi yuqori darajada ekani aniqlangan. Ushbu muammoni bartaraf etish bo‘yicha barcha choralar ko‘rildi, – deydi Toshkent viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassisi M.Qobilova.

Joriy yilning aprel-may oylarida o‘tkaziladigan “Toza havo” tadbirining birinchi bosqichida 10 mingdan ortiq avtotransport vositasining texnik holati ko‘zdan kechiriladi. Bir necha yoqilg‘i quyish shoxobchalari va texnik ko‘rikdan o‘tkazish stansiyalarida ekologik nazorat ishlari olib boriladi.

Toshkent viloyat YHX hamda viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi birgalikda o‘tkazadigan “Toza havo” ekologik tadbirida hududdagi nazorat postlarida 2 doimiy va 8 harakatdagi ekologik postlar belgilandi.

Abdulaziz Musayev, O‘zA
3 239