O‘zA O`zbek

02.07.2018 19:03 Chop etish versiyasi

O`zbekiston matbuotida yangilik

O`zbekiston matbuotida yangilik
O‘zbekiston yoshlar ittifoqining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, adabiy-badiiy gazetasi “Yoshlar ovozi” nafaqat mamlakatimiz matbuotida, balki dunyoda ham kamdan-kam kuzatiladigan yangi tajribani qo‘lladi. Nashrning bir kunda uchta – tonggi, kunduzgi va kechki sonlari chop etildi.

Yoshlik o‘zining olijanob tashabbusi, adolat va bashariy haqiqatga behudud intilishi bilan taraqqiyotning buyuk kuchi hisoblanadi.

30-iyunda yurtimizda ilk bora Yoshlar kuni keng nishonlandi. Shu go‘zal bayram munosabati bilan xalqaro anjumanlar, turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, aksiyalar, gala konsert va festivallar o‘tkazilmoqda.

Yoshlar kunidagi qaynoq jarayonlarni jamoatchilikka tezkor yetkazish maqsadida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, adabiy-badiiy gazetasi “Yoshlar ovozi” nafaqat mamlakatimiz matbuotida, balki dunyoda ham kamdan-kam kuzatiladigan yangi tajribani qo‘lladi. Nashrning bir kunda uchta – tonggi, kunduzgi va kechki sonlari chop etildi. Gazeta sahifalarida Prezidentimizning yoshlarga yo‘llagan bayram tabrigi, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti sovrindorlari, Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo yoshlari forumi, respublika bo‘ylab o‘tkazilgan Yoshlar sayilari, mehnat va savdo yarmarkalari, qirqdan ortiq tuman-shahardagi “Hokim va yoshlar” uchrashuvlari, “Yoshlar — kelajagimiz” shiori ostidagi sport musobaqalari, shuningdek, Yoshlar ittifoqi qoshida tashkil etilgan tuzilmalar faoliyati, qo‘yingki davlatimiz rahbarining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi yuzasidan qilingan amaliy ishlar qamrab olindi.

Ertalab bayram taassurotlari bilan o‘rtoqlashgan yigit-qizlar va xorijlik mehmonlar peshinda chop etilgan gazetada o‘z suratlari hamda fikrlarini ko‘rib, hayot shiddatini yana bir bor his etdi.

Ishonamizki, “Yoshlar ovozi” jamoasi mazkur tajribani g‘ayrat va shijoat bilan davom ettiradi.

Tahririyat

O‘zA
4 111