Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.03.2017 15:25 Chop etish versiyasi

Mas’uliyat, hamkorlik va samara

Mas’uliyat, hamkorlik va samara Navoiyda o‘tkazilgan “Ichki ishlar organlarining namunali tayanch punkti” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida Karmana tumani “Talqoq” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 57-militsiya tayanch punkti g‘olib deb topildi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.

“Talqoq” mahalla fuqarolar yig‘ini Karmana tumanining obod va fayzli maskanlaridan. Zamonaviy binoda joylashgan militsiya tayanch punktida barcha sharoit yaratilgan. Profilaktika inspektori Javlonbek Nasriddinovning diniy ma’rifat va ma’naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo‘yicha maslahatchi, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi va mahalla faollari bilan hamkorlikda olib borayotgan sa’y-harakatlari tufayli hududda jinoyatchilikni kamaytirishga erishilmoqda.

Prezidentimiz rahnamoligida yurtimizda tinchlik-osoyishtalikni asrash, ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash va bu borada militsiya tayanch punktlari faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Tanlovda militsiya tayanch punktlarida yaratilgan sharoit, aholi va o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan hamkorlik, hududdagi vaziyat, profilaktika inspektorining bilimi va voyaga yetmaganlar bilan ishlash tajribasiga alohida e’tibor qaratildi.

– Mahallada 4 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi, – deydi 57-militsiya tayanch punkti profilaktika inspektori J.Nasriddinov. – Faoliyatimiz oila, mahalla va ta’lim muassasasi bilan bevosita bog‘liq. O‘tgan yillarda jinoyatlar sonining keskin kamayishida ham ushbu hamkorlik mexanizmining samarasi yaqqol sezilmoqda. Bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, mahalla va uning faollari bilan hamjihatlikda jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlariga alohida e’tibor qaratmoqdamiz.

Tanlovda bir qator nominatsiyalar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, munosib taqdirlandi.

Nuriddin Rahimov, Siroj Aslonov (surat), O‘zA
1 221






Все о погоде - Pogoda.uz