Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.03.2017 19:52 Chop etish versiyasi

Markaziy saylov komissiyasida uchrashuv

2017-yil 17-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzoulug‘bek Abdusalomov bilan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (EXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB)ning direktori Mixael Georg Link boshchiligidagi delegatsiyaning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Markaziy saylov komissiyasi raisi Komissiya tomonidan saylov qonunchiligini va huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish yo‘lida amalga oshirilgan ishlar va uning faoliyati haqida so‘zladi.

EXHT DIIHB direktori O‘zbekistonda saylov tizimini yanada takomillashtirish masalalariga, xususan, fuqarolarning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga berilayotgan e’tiborni yuqori baholadi.

Uchrashuv chog‘ida ta’kidlanganidek, YeXHT vakillari O‘zbekiston saylovlarida kuzatuvchilar sifatida 1999-yildan buyon faol ishtirok etib kelmoqda, saylov to‘g‘risidagi milliy qonunchilikni yanada takomillashtirish, saylovlarni demokratik tamoyillar va xalqaro standartlarga muvofiq ochiq va erkin o‘tkazish maqsadida YeXHT DIIHBning takliflari har tomonlama o‘rganilib, inobatga olinmoqda.

O‘zaro munosabatlarni davom ettirish, kelgusi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha fikr almashildi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazida ham YeXHT DIIHB delegatsiyasining uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi.

Markaziy saylov komissiyasi 
Matbuot xizmati       

738






Все о погоде - Pogoda.uz