O‘zA O`zbek

06.03.2018 16:49 Chop etish versiyasi

Marg‘ilondagi «Adraslar uyi»

Marg‘ilondagi «Adraslar uyi» Farg‘ona viloyatida zamonaviy me’morchilik an’analarini o‘zida mujassam etgan o‘nlab mehmonxonalar faoliyat ko‘rsatayotir. Marg‘ilondagi “Adraslar uyi” mehmonxonasi ulardan biri.

Mehmonxonada tashrif buyuruvchilar uchun barcha qulaylik yaratilgan. Majlislar zali, restoran, transport xizmati, go‘zallik saloni, internet xizmati, fitnes zal, tantanalar saroyi sayyohlar talabi va didiga mos xizmat ko‘rsatmoqda.

– Tashrif buyuruvchilar mehmonxonada adrasu atlas to‘qish jarayonlari bilan bevosita tanishishlari mumkin, - deydi mehmonxona menejeri Nurillo Po‘latov. – Milliy matomizning yuzlab nusxalari ularning e’tiboriga havola etiladi. Hunarmandlarning bejirim mahsulotlari sayyohlar e’tiborini o‘ziga rom etmoqda.

10.JPG

16.JPG

18.JPG

Muqimjon Qodirov (surat) O‘zA
12 526