O‘zA O`zbek

10.08.2018 16:16 Chop etish versiyasi

Mangulikka muhrlangan she’riyat

Mangulikka muhrlangan she’riyat Buyuk qozoq shoiri Abay Qo‘nonboyev tug‘ilgan kuni munosabati bilan O‘zbekistonda ham ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 13 martdagi “Buyuk qozoq shoiri va mutafakkiri Abay Qo‘nonboyev ijodiy merosini keng o‘rganish va targ‘ib qilish to‘g‘risida”gi qarori asosida o‘tkazilayotgan bu kabi tadbirlar ikki qardosh xalq ardog‘idagi ijodkorga hurmat, do‘stona munosabatlar mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyida “Mangulikka muhrlangan she’riyat” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbirda bu jihatlar yaqqol namoyon bo‘ldi.

– Abay Qo‘nonboyev she’rlari, hikmatli so‘zlari zamiridagi falsafiy mushohada, hayotiy qarashlar bizni ezgulikka, bag‘rikenglik va do‘stlikni qadrlashga chorlab turadi, – dedi O‘zbekiston amaliy san’at va hunarmandchilik tarixi davlat muzeyi direktori Abbosjon Mirzarahimov.

Tadbirda Abay she’rlari o‘qildi. Muzeyning musiqiy jamoasi shoir she’ri bilan aytilgan qo‘shiqlarni ijro etdi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
1 713