Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.04.2018 08:20 Chop etish versiyasi

"Manas"dagi ezgu ishlar "Abay"da davom etmoqda

"Manas"dagi ezgu ishlar "Abay"da davom etmoqda Mamlakatimizda bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlariga, xususan, qishloq aholisi uchun munosib sharoit yaratish, ularning turmush madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

2.jpg

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanidagi “Abay” mahalla fuqarolar yig‘inida “Obod qishloq” dasturi asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari buning yorqin dalilidir.

3.jpg

Tuman markazidan ancha uzoqda joylashgani ushbu mahalla ko‘chalari, aholi turar joylari zamonaviy qiyofa kasb etmoqda. Ayni paytda mahalla fuqarolar yig‘inidagi Navoiy, Lolazor, Toshkent va Kuchek ko‘chalarida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Hududdagi 14-maktabgacha ta’lim muassasasida qurilish-montaj ishlari bajarilib, binolarning tom qismi yangilanmoqda. Muassasaning barcha xonalari zarur jihozlar bilan ta’minlanib, atrofi devor va temir panjara bilan o‘raladi.

4.jpg

– Mahalladagi xonadonlarning 96 tasida ta’mirlash-pardozlash ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan, – deydi Quyi Chirchiq tumani hokimi o‘rinbosari M.Botirov. –Hozir xonadonlarning 1 ming 500 kvadrat metrga teng tom qismida qayta ta’mirlash ishlari bajarilmoqda. Dasturga ko‘ra, belgilangan tartibda hududdagi bir yarim kilometrdan ziyod ariqlarni tozalash, qariyb to‘rt yarim kilometrlik piyodalar yo‘laklarini ta’mirlash va shuncha masofadagi ichki yo‘llar tekislanib, shag‘al to‘kish ishlari olib borilmoqda. Mahalladagi 204 bino namunaviy loyihalar asosida yangicha qiyofaga keltiriladi.

5.jpg

Hududda elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida ko‘chalardagi 111 eski simyog‘och betonlisiga almashtirildi. Ko‘chalarda 80 ta tungi yoritgichlar o‘rnatish ishlari boshlangan. Shuningdek, 6 ming 480 metrlik gaz quvuri ta’mirdan chiqarilib, qayta bo‘yaldi.

8.jpg

“Abay” mahalla fuqarolar yig‘inidagi 196 xonadonda 1000 ga yaqin aholi istiqomat qiladi. Amalga oshirilayotgan bunday keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari tufayli mahallaning tobora zamonaviy qiyofa kasb etayotgani aholi turmush farovonligini yuksaltirib, odamlarda ertangi kunga ishonch tuyg‘usini mustahkamlamoqda.

Abdulaziz Musayev, O‘zA
2 697