Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.09.2017 16:21 Chop etish versiyasi

Mamlakatimizda "Yoshlar-tur" velomarafoni o‘tkazilmoqda

Mamlakatimizda "Yoshlar-tur" velomarafoni o‘tkazilmoqda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan bir qator davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida o‘tkazilayotgan tadbirda 9 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan havaskor velosportchilar ishtirok etayotir.

Velomarafonning Namangan viloyati bosqichida 600 ga yaqin havaskor velosportchi 6 kilometrlik masofada g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

– Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi, ijtimoiy faollikni targ‘ib qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish, yigit-qizlarni foydali mashg‘ulotlar bilan band qilish hamda sportga jalb etish maqsadida o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar tobora ommalashmoqda, – deydi O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyati kengashi raisi o‘rinbosari D.Akromova. – Buni velomarafonning saralash bosqichlarida 3 mingdan ziyod yosh ishtirok etganida ham ko‘rish mumkin.

13 (4).jpg

9-14 yoshlilar orasida D.Pachchanova va R.Nafiqov, 15-17 yoshlilar o‘rtasida M.To‘lqinova, A.Nuriddinov, 18-30 yoshlilar o‘rtasida O.Ikromova, U.Ikromov g‘olib deb topildi va musobaqaning mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

Yoshlar velomarafonining Jizzax viloyati bosqichida ham yoshlar faol ishtirok etdi. Musobaqada 9-14 yoshlilar o‘rtasida Alisher Ubaydullayev, 15-17 yoshlilar o‘rtasida Shohrux Elmurodov, 18-30 yoshlilar o‘rtasida Nodir Xursandov g‘olib bo‘ldi. Qizlar o‘rtasida Feruza Abdumurodova mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. G‘oliblar velomarafonning mamlakat bosqichida ishtirok etadi.

Hotam Mamadaliyev (surat), O‘zA
1 767






Все о погоде - Pogoda.uz