Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.03.2018 15:00 Chop etish versiyasi

Mamlakatimizda I Xalqaro matbaa forumi o‘tkaziladi

2018-yil 14-15-mart kunlari O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi “A2 DIGITAL” mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda “Innovatsion texnologiyalarning yangi qirralari” shiori ostida mamlakatimizda I Xalqaro matbaa forumini o‘tkazadi.

Forumda Amerika Qo‘shma Shtatlari, Rossiya, Germaniya, Isroil, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlaridan yirik matbaa korxonalarining vakillari ishtirok etadilar.

Forum doirasida O‘zbekistonda matbaachilik sohasiga tatbiq etilgan innovatsion texnologiyalar va erishilgan natijalar, sohaning istiqboldagi rivojlanish tendensiyalari xususida nazariy va amaliy muloqotlar, taqdimotlar va uchrashuvlar tashkil etiladi.

“Инновацион технологияларнинг янги қирралари” I Халқаро матбаа форумида иштирок этиш истагида бўлганлар интернетдаги – www.ipforum.uz манзили орқали рўйхатдан ўтиши, шунингдек, мазкур форум билан боғлиқ ўзларини қизиқтирган барча маълумотларга эга бўлиши мумкин.

“Innovatsion texnologiyalarning yangi qirralari” I Xalqaro matbaa forumiga barcha qiziquvchilar taklif etiladi.

Manzil: Toshkent shahri, Elbek ko‘chasi, 8-uy.

Tel: 244-35-35

Tashkiliy qo‘mita


6 263