Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.12.2017 18:21 Chop etish versiyasi

Mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati

Toshkent davlat yuridik universitetida «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi – mamlakat taraqqiyoti va jamiyat farovonligining huquqiy kafolati» mavzuida talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan hamkorlikda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 20 iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishi ijrosini ta’minlash doirasida tashkil etildi.

Adliya vazirining o‘rinbosari A.Toshqulov, Toshkent davlat yuridik universiteti prorektori Z.Esonova va boshqalar O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi mamlakatimizni demokratik yo‘lda rivojlantirishning huquqiy kafolati ekanini ta’kidladi. Mazkur hujjat xalqimizning xohish-irodasi, inson huquq va manfaatlari, xalqaro huquqning umume’tirof etilgan me’yorlarini mujassamlashtirgani bilan ham ahamiyatlidir.

Bosh qomusimizning jamiyatda va fuqarolarimiz hayotida tutgan o‘rni haqida fikr-mulohazalar yuritildi. Mutaxassislar va talabalarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mamlakatimiz islohotlari yangi bosqichidagi o‘rni, huquqiy bilim va madaniyatni yuksaltirish, konstitutsiyaviy burch, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning muhim omillariga bag‘ishlangan mavzulardagi ma’ruzalari tinglandi. Konstitutsiyada ifodalangan inson manfaatlari, diniy qadriyatlar, oilaviy munosabatlar, yoshlar masalalari tadbir ishtirokchilari diqqat markazida bo‘ldi.

– Asosiy qomusimiz yigirma besh yildirki, fuqarolarimiz tinchligi, millatlararo totuvlikni ta’minlash, insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish, xalqaro munosabatlar rivojiga xizmat qilayotir, – deydi Toshkent davlat yuridik universiteti dekani Otabek Bobojonov. – Ushbu hujjatning mazmun-mohiyatini tushunib yetish hamda yosh avlodni qonunlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash har birimizning muqaddas burchimizdir. Zero, qonun ustuvorligi ta’minlangan yurtda adolat hukm suradi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
1 122






Все о погоде - Pogoda.uz