Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.06.2018 17:34 Chop etish versiyasi

“Maktabgacha ta’lim” bakalavrlari 3 yil o‘qiydi

“Maktabgacha ta’lim” bakalavrlari 3 yil o‘qiydi
2018/2019 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida “Maktabgacha ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlash o‘qish muddati 3 yil bo‘lgan bakalavriat ta’lim dasturlari doirasida amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 4-iyundagi “2018/2019 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida”gi qarorida bu nazarda tutildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Maktabgacha ta’lim vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda 2018/2019 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonini to‘laqonli tashkil etish uchun “Maktabgacha ta’lim” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malakaviy talablari, o‘quv rejalari hamda dasturlarini ishlab chiqadi.

O‘zA
2 711