O‘zA O`zbek

05.04.2019 21:33 Chop etish versiyasi

Maktab kutubxonasiga 200ta kitob tuhfa etildi

Maktab kutubxonasiga 200ta kitob tuhfa etildi
Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov Qoraqalpog’iston Respublikasi Аmudaryo tumanidagi o’zi tahsil olgan 31-umumta'lim maktabida bo’lib, o’quvchilarga kitob sovg’a qildi.

Hokim pedagog va o’quvchilar bilan o’tkazilgan suhbatda bugungi adabiy jarayon va mutolaa madaniyati xususida to’xtalib, yoshlarni kitobxonlikka chaqirdi. Kitob ma'naviyatni yuksaltiruvchi bebaho xazina ekani, yaxshilik, ezgulikni istagan har bir shaxs kitobga do’st tutinmog’i lozimligini ta'kidladi.

Maktab kutubxonasiga hokim tuhfasi sifatida mamlakatimiz nashriyotlarida chop etilgan, adabiy-badiiy, bolalar va o’smirlarga mo’ljallangan 200 ta kitob taqdim etildi.

Shonazar Qoriev, O’zА
1 261