O‘zA O`zbek

16.05.2018 08:00 Chop etish versiyasi

Mahoratli o‘qituvchilar tanlovi

Mahoratli o‘qituvchilar tanlovi Termizda “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 154 nafar o‘qituvchi 12 fan yo‘nalishi bo‘yicha o‘z bilim va salohiyatini namoyish etdi.

Tanlov ishtirokchilari axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars ishlanmalarini tayyorlash, “Darsda muammo va yechim” mavzusida taqdimot, onlayn test, ta’lim sifatini yuksaltirishga qaratilgan yangicha yondashuv va notanish auditoriyada zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida darsni puxta tashkil etish shartlari bo‘yicha o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazdi.

10.jpg

Faoliyati yuqori baholangan 12 nafar fan o‘qituvchisi ko‘rik-tanlovning mamalakat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Jonibek Qo‘zimurodov (surat), O‘zA
4 576