Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.12.2017 19:42 Chop etish versiyasi

Mahalliy kengashlarning ayrim deputatlari xalqning ishonchli vakili degan nomga nomunosib

Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashiga partiyadan saylangan deputatlar, partiyaning tuman va shahar kengashlari raislari, “Yosh adolatchilar”, “Ayollar qanoti” faollari ishtirok etgan tadbirda davlatimiz rahbarining 2017-yil 12-iyuldagi Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan videoselektor yig‘ilishidagi ma’ruzasidan kelib chiqadigan vazifalar yuzasidan partiya viloyat kengashining joriy yil ikkinchi yarmi uchun chora-tadbirlar dasturi ijrosi ko‘rib chiqildi.

Plenumda partiya faoliyatining barcha yo‘nalishlari tanqidiy tahlil qilindi. Bu borada amalga oshirilayotgan bir qator loyihalar yaxshi samara berayotgani ta’kidlandi.

Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida partiyaning joylarda partiya faollari hamda mahalliy kengashlar deputatlaridan iborat ishchi guruhlari tuzilib, haftaning har chorshanba kunlari “Adolat – qonun ustuvorligida” loyihasi doirasida aholi xonadonlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va ijtimoiy obyektlar holati o‘rganilmoqda. Shu kunga qadar aholini qiynayotgan muammolar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga 70 ga yaqin deputatlik so‘rovi yuborildi. Biroq, partiyaning Bekobod, Qibray tumanlari, Chirchiq shahar kengashlarining bu boradagi faoliyati qoniqarli emas. Tadbirda vaziyatni o‘nglash yuzasidan aniq va puxta vazifalar belgilandi.

– Xalq deputatlari viloyat va shahar kengashlari deputatlari tomonidan chekka hududlardagi aholi murojaatlari o‘rganilmoqda, – deydi Xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashi deputati Z.Eralieva. – Jumladan, Angren shahrining tog‘li hududida joylashgan “Beshbosh” va “Lashkarak” qishloqlarida tibbiy xizmat, yo‘llarni ta’mirlash, elektr va gaz ta’minotiga oid muammolar bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi. Kelgusida viloyatda xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan xodimlar faoliyatiga oid hujjatlarni davlat arxivlariga topshirish holatini o‘rganish rejalashtirilgan.

Plenumda sust ishlayotgan tuman va shahar kengashlari faoliyati tanqid qilindi. Mahalliy kengashlarning ayrim deputatlari o‘z vakolatidan to‘liq foydalanmayotgani, xalqning ishonchli vakili – deputat degan nomga nomunosib ekani ta’kidlandi.

Tadbirda chora-tadbirlar dasturi yuzasidan fikr almashildi. Hududiy kengash raislari va barcha deputatlar zimmasiga aniq vazifalar yuklatilib, ularni amalga oshirish muddatlari belgilandi.

Abdulaziz Musayev, O‘zA
3 784