O‘zA O`zbek

09.08.2018 18:28 Chop etish versiyasi

Mahallada hunarmandchilik markazi

Mahallada hunarmandchilik markazi
Jizzax shahrining Oqqo‘rg‘onlik mahallasida “Jannatmakon Jizzaxim” milliy hunarmandchilik markazi ish boshladi.

Navqiron avlodning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, iste’dod va salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladigan markazda hunarmandchilik, tikuvchilik, ingliz tili, sartaroshlik, etikdo‘zlik kabi to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 3 mingdan ziyod kitob fondiga ega kutubxona yoshlar ixtiyorida.

Ayni paytda markazda 6 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 40 dan ziyod o‘g‘il-qiz mahorat oshirmoqda.

1.JPG

4.JPG

7.JPG

Jamshid Yorbekov (surat) O‘zA
2 326