O‘zA O`zbek

06.03.2018 17:20 Chop etish versiyasi

“Mahalla”ga 5 ta xizmat avtomashinasi berildi

“Mahalla”ga 5 ta xizmat avtomashinasi berildi Nukus shahrida Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Beruniy, Qo‘ng‘irot, Xo‘jayli, Chimboy, Ellikqal’a tumanlari kengashlariga Prezident sovg‘asi – “Matiz” xizmat avtomashinalari topshirildi.

Qoraqalpog‘istonda o‘tgan yili fuqarolar yig‘inlarining 5 binosi yangidan qurildi, 32 tasida rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari olib borildi, 25 tasi komputer jamlanmalari, 63 tasi mebel jihozlari bilan ta’minlandi.

11.jpg

– O‘tgan yili tumanimiz 6 nafar fuqarosining operatsiya qilinib davolanishiga, 10 xonadonning uy-joyida ta’mirlash ishlarini amalga oshirishiga yordam ko‘rsatdik, – deydi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Xo‘jayli tumani kengashi raisi o‘rinbosari A.Turimbetov. – Tegishli tashkilotlar bilan birga 150 kishiga gaz plita, sovutgich kabi ro‘zg‘or buyumlarini sovg‘a qildik. Joriy yil esa shu kabi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirish belgilangan. Bizga ajratilgan xizmat avtomashinalari uchun Prezidentimizdan minnatdormiz.

10.jpg

Yaqin kelajakda boshqa tumanlarga ham xizmat avtomashinalari sovg‘a qilinishi kutilmoqda.

Anvar Nasirlayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA
6 035