Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.09.2017 17:53 Chop etish versiyasi

Madaniyat vazirligi va “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi xalqimizning madaniyati va san’ati yutuqlarini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish, jahon tamadduni rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan ilm-fan, madaniyat, adabiyot va san’at namoyandalari, buyuk davlat arboblari hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan asarlarni yaratish kabi sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlab keladi. Shuningdek, aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviy dunyosini yanada boyitish, ularning milliy va jahon musiqa madaniyati sara asarlari bilan oshno bo‘lishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, yosh xonanda va sozandalarimizning nufuzli xalqaro tanlovlarda qatnashib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishiga ko‘maklashish partiya oldidagi ustuvor vazifalardandir.

– Partiyamiz “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan yoshlarni muhofazalash maqsadida ularni milliy tiklanish g‘oyasi, madaniyatimiz va qadriyatlarimizni e’zozlash ruhida tarbiyalashga qaratilgan teleko‘rsatuvlar, radioeshittirishlarni tashkil etish, yoshlarni axborot-resurs markazlariga jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratmoqda, – deydi O‘zMTDP markaziy kengashi raisi Sarvar Otamurodov. – Madaniyat vazirligi bilan imzolangan hamkorlik memorandumi bu boradagi ishlarni yuqori bosqichga ko‘tarish, madaniyat sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun zamin yaratadi. Shuningdek, vazirlikning joylardagi bo‘limlari va manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda yoshlar uchun ma’naviy ibrat vazifasini o‘taydigan, yosh avlodni milliy g‘oya, jasorat va matonat ruhida tarbiyalashda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadigan faol zamondoshlarimiz timsolini yaratish maqsadida “Bizning kino”, “Bizning musiqa”, “Bizning teatr” mavzularida ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

Tadbirda birgalikda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi.

Ulug‘bek Asrorov, O‘zA
1 543






Все о погоде - Pogoda.uz