Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.10.2017 17:16 Chop etish versiyasi

Madaniyat vazirligi tomonidan yoshlar huquqlari yo‘nalishida konferensiya tashkil etildi

O‘zbekiston davlat konservatoriyasida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Unda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 19 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish borasidagi taklifi yuzasidan kelib chiqadigan vazifalar atroflicha muhokama etildi.

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vaziri B.Sayfullayev, san’atshunoslik fanlari doktori, professor O.Ibrohimov, "O‘zbekkonsert" davlat muassasasi direktori vazifasini bajaruvchi A.Haydarov, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi raisining o‘rinbosari D.Kattaxonova, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori vazifasini bajaruvchi G.Holiqulova va boshqalar mamlakatimizda ijod ahlining samarali mehnat qilishi, ayniqsa, iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qulay imkoniyatlar yaratilganini ta’kidladi.

Yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatining samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi hujjatlar ulg‘ayib kelayotgan avlod manfaatlarini, ularni zararli g‘oyalar ta’siridan ishonchli himoyalash, bunda vazirlik va idoralar, ijodiy tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini tobora kengaytirishda yangi ufqlarni ochmoqda.

Davlatimiz rahbari turli soha vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuv, muloqotlar, videoselektorlar chog‘ida yoshlar masalasiga jiddiy e’tibor qaratib kelmoqda. Bu jihatlar shu yil 3 avgust kuni mamlakatimiz ijodkor ziyolilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda yana bir karra namoyon bo‘ldi. Shu bilan birga O‘zbekiston Prezidentining BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasida yoshlarning ongu tafakkurini ma’rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash, ularning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratish, zo‘ravonlik g‘oyalari tarqalishining oldini olish, buning uchun yosh avlodni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, uning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirishga oid qimmatli fikrlari jahon jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otdi.

Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim, madaniy-ma’rifiy jabhalarda kechayotgan keng qamrovli va shiddatli islohotlarda yoshlarning istiqboli uchun tobora kengroq sharoitlarni yaratishga ustuvor masala sifatida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa Madaniyat vazirligi va uning tasarrufidagi tashkilotlar zimmasiga ham yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish uchun yaqindan ko‘maklashish borasidagi hamkorlikni kengaytirish, mavjud imkoniyatlardan unumliroq foydalanish, bu borada ilg‘or tashabbuslarni hayotga joriy etishni talab etmoqda.

Anjumanda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda madaniyat va san’at muassasalarining o‘rni, yoshlar va maqom san’ati, milliy estrada san’ati va yoshlar, uyushmagan yoshlar bilan ishlash, sohaga oid kadrlar tayyorlash kabi masalalar atroflicha muhomaka etildi.

Nazokat Usmonova, O‘zA
3 673






Все о погоде - Pogoda.uz