Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.04.2017 15:50 Chop etish versiyasi

Ma’naviy muhit barqarorligi – muhim vazifa

Andijon viloyatining Izboskan tumanida “Ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash – muhim masala” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Viloyat hokimligi, ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda hokimliklar mutasaddilari, huquq-tartibot idoralari, korxona va tashkilotlar rahbarlari, xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, jurnalistlar, keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda davlat idoralari rahbarlari va aholi o‘rtasida o‘ziga xos muloqot tizimi yo‘lga qo‘yilgani muammolarni joyida hal etish va fuqarolar manfaatlarini ta’minlashda yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Qo‘shni davlat bilan chegara hududlaridagi mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini mustahkamlash, aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish va bartaraf etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, tomorqadan unumli foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama etildi.

– Mahallalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini, tinchlik va osoyishtalikni mustahkamlashga har bir fuqaro mas’uldir, – deydi Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari Sh.Tursunov. – Ushbu jarayonda ekstremistik g‘oyalar yurtimizga kirib kelishi, aholi, xususan, yoshlarning yot g‘oyalar, turli illatlar ta’siriga tushib qolishining oldini olish borasidagi tushuntirish ishlarini kuchaytirish, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish muhim ahamiyatga ega.

Tadbirda aholining chegara tartib-qoidalariga qat’iy amal qilishi, huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish, bunday holatlarga yo‘l qo‘yayotgan fuqarolarga nisbatan ta’sir choralarini kuchaytirish, oilalar mustahkamligini ta’minlash, yoshlar tarbiyasi bilan bog‘liq ishlarga alohida e’tibor qaratish zarurligi qayd etildi.

Farzand tarbiyasida yo‘l qo‘yilgan loqaydlik oqibatlari aks ettirilgan “Tafakkur ehtiyoji” nomli hujjatli film namoyish etildi.

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA
2 290






Все о погоде - Pogoda.uz