O‘zA O`zbek

06.06.2018 10:59 Chop etish versiyasi

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimi bekor qilinadi

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimi bekor qilinadi
Oliy ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimi bekor qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

Qarorga ko‘ra, oliy ta’lim muassasalarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori lavozimi o‘rniga yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori lavozimi joriy etiladi. 

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektorlarning faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Yoshlar siyosati masalalari xizmatiga yuklatildi.

O‘zA
5 207