Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.04.2017 17:47 Chop etish versiyasi

Ma’naviy jasorat sohibi

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Toshkent birlashgan texnika maktabida Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi tomonidan «Amir Temur – ma’naviy jasorat sohibi» mavzuida tadbir o‘tkazildi.

Unda taniqli olimlar, san’atkorlar, yoshlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi bo‘lim mudiri G.Isoqova, tarix fanlari nomzodi J.Rahimov va boshqalar Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan Amir Temur nomi qayta tiklangani, hayoti va faoliyatiga oid ko‘plab kitob va risolalar chop etilib, xalqimizning ma’naviy xazinasi boyitilganini ta’kidladi.

– Biz shunday ulug‘ bobokalonlarimiz bilan faxrlanamiz, – deydi O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Behzod Muhammadkarimov. – Istiqlol yillarida Amir Temur hayoti va bunyodkorlik ishlarini aks ettiruvchi tarixiy, ilmiy, badiiy asarlar yozildi, dostonlar yaratildi, filmlar suratga olindi.

Tadbirda buyuk sarkarda hayoti va ijodi haqida boy va qiziqarli ma’lumotlar berildi. Sohibqironning mard va tantiligi, ma’naviy hayotimizda tutgan o‘rni hamda davlatchilik sohasida amalga oshirgan ishlari xususida fikr yuritildi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
5 668






Все о погоде - Pogoda.uz