Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.09.2017 12:20 Chop etish versiyasi

Kursantlar qasamyod qabul qildi

Kursantlar qasamyod qabul qildi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasida birinchi bosqich kursantlari 1-sentabr – Mustaqillik kuni Vatanimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qilishga qasamyod qildi. Tantanali tadbirda Ichki ishlar vazirligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, kursantlarning ota-onalari hamda qarindoshlari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.Azizov, akademiya boshlig‘i B.Matlyubov va boshqalar mustaqillik yillarida mamlakatimiz ichki ishlar organlari tizimida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, huquq-tartibotni ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligi va fuqarolar osoyishtaligini himoya qilish borasida yuqori samarali tizim yaratilganini alohida ta’kidladi.

Prezidentimizning 2017-yil 10-apreldagi "Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni soha uchun malakali mutaxassislar tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘lamini kengaytirdi.

49.JPG

Ichki ishlar vazirligi akademiyasi soha uchun yetuk mutaxassis va rahbar kadrlar tayyorlash, ularni qayta tayyorlash va malakasini oshirish borasida yuqori nufuzga ega oliy o‘quv yurtlaridan hisoblanadi. Bu yerda ta’lim jarayoni zamonaviy davlat ta’lim standartlari, axborot va ilg‘or pedagogik texnologiyalarni qo‘llagan holda namunaviy o‘quv rejalari asosida olib borilmoqda.

– Qutlug‘ sana – 1-sentabr kuni qasamyod qabul qilish biz uchun katta sharaf ham mas’uliyatlidir, – deydi kursant Husniddin Dadarboyev. – Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini saqlashga kamarbasta bo‘lish har birimizning asosiy vazifamiz. Vatanimizga, xalqimizga, Prezidentimizga sadoqat bilan xizmat qilishga bor kuch va imkoniyatimizni ishga solamiz.

Tadbir ishtirokchilari kursantlarni tabriklab, Vatanimiz va xalqimizga sidqidildan xizmat qilish, qunt bilan o‘qish, o‘z xizmat burchini bajarishda mard va jasur bo‘lishga chaqirdi.

Nurillo Nasriyev, Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA
2 169






Все о погоде - Pogoda.uz