O‘zA O`zbek

11.07.2019 19:59 Chop etish versiyasi

Kun xabarlari qisqa satrlarda

Kun xabarlari qisqa satrlarda

Jizzaxda “Ishbilarmon ayol” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi.

Yakuniy natijaga koʻra, tadbirkorlik yoʻnalishi boʻyicha Paxtakor tumanidagi “Bunyod dur teks” MCHJ rahbari Farida Rahmonova va fermerlik yoʻnalishi boʻyicha Zafarobod tumanidagi “Bogʻboshi” fermer xoʻjaligi rahbari Saodat Halimova 1-oʻrinni egallab, tanlovning mamlakat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

* * * * *

Toshkent viloyatida “Men Qoʻqon festivaliga boraman!” shiori ostida hunarmandchilik koʻrgazma-yarmarkasi oʻtkazildi. Unda viloyatning 60 nafardan ziyod mohir usta va hunarmandi oʻz ijod namunalari bilan ishtirok etdi.

Koʻrgazma-yarmarkada namoyish etilgan milliy hunarmandchilikning Toshkent viloyatiga xos jihatlarini aks ettiruvchi hunarmandchilik mahsulotlari, ayniqsa, qibraylik va zangiotalik ustalarning yogʻoch oʻymakorligi, Ohangaron vohasi vakillarining quroqchilik borasidagi ijod namunalari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

* * * * *

YUNESKOning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Qashqadaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Madaniyat vazirligi hamda Respublika “Hunarmand” uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan anjuman doirasida “Qashqadaryoning gʻarbiy hududlarida suvli kulolchilik, kashtachilik va gilamdoʻzlik anʼanalari” nomli koʻrgazma ochildi.

* * * * *

Buxoro viloyati Romitan tumanida fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDYO) binosining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

OʻzA
720