Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.11.2017 16:00 Chop etish versiyasi

Kuchli ijtimoiy himoya – taraqqiyot garovi

Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi 24-bolalar musiqa va san’at maktabida o‘tkazilgan xayriya tadbiri shunday nomlandi.

14-noyabr – Xalqaro qandli diabetga qarshi kurash kuni munosabati bilan “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Toshkent viloyati hududiy filiali hamda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda partiya faollari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda yosh avlodni jismonan sog‘lom va ma’nan yetuk insonlar etib voyaga yetkazish, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilishga davlat siyosati darajasida ustuvor ahamiyat qaratilishi yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

– Hududlardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi, ayniqsa, yoshlar salomatligini yanada mustahkamlashga qaratilgan bu kabi xayriya tadbirlari qancha ko‘p o‘tkazilsa, shuncha yaxshi, – deydi “Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi Toshkent viloyati hududiy filiali direktori M.Yo‘ldosheva. – Birgina joriy yilning o‘zida tashkilotimiz partiya ko‘magida Toshkent viloyatining Angren, Olmaliq shaharlari hamda Bekobod, Bo‘stonliq, Ohangaron va Piskent tumanlarida o‘tkazilgan tadbirlarda 850 dan ziyod aholi bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga 10 turdagi dori-darmon vositalari bepul tarqatildi.

Tadbir doirasida Toshkent viloyati endokrinologiya dispanserida nazoratda turuvchi kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar uchun xayriya aksiyasi o‘tkazildi. Homiylar tomonidan qandli diabetga chalingan bemor bolalarga tarkibida fruktoza, saxaroza bo‘lgan turli shirinliklar, dori-darmon, sanitariya-gigiyena vositalari tarqatildi.

Abdulaziz Musayev, O‘zA
1 861






Все о погоде - Pogoda.uz