O‘zA O`zbek

23.02.2018 09:00 Chop etish versiyasi

Korrupsiyaga qarshi kurashish jamoatchilik nazoratida

Gulistonda “Korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilikning o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Sirdaryo viloyati prokuraturasi, adliya boshqarmasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi vakillari, Guliston davlat universiteti, akademik litsey, kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Tadbirda “Korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazorati”, “Korrupsiyaning kelib chiqishi va uning oldini olish” mavzularida ma’ruzalar tinglandi.

– Ushbu tadbir korrupsiyaga qarshi kurashishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, davlat va jamiyatning o‘zaro jipsligini shakllantirish, bilim dargohlarida korrupsiyaga qarshi kurashishda yoshlarning o‘rni muhim ekanini ularning ongiga singdirishga qaratilgan, – deydi Guliston shahar prokurori S.Bozorov. – Shuningdek, ta’lim muassasalarida korrupsiyaning kelib chiqishi va uning oldini olish bo‘yicha olib borilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida atroflicha so‘z yuritildi va ko‘plab misollar keltirildi. Bu kabi tadbirlarni viloyatimizning boshqa hududlarida ham o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldi.

Abdujalol Qayumov, O‘zA
4 885