O‘zA O`zbek

09.08.2018 13:36 Chop etish versiyasi

Koreyalik shifokorlar Sirdaryoda 300 nafar aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi

Koreyalik shifokorlar Sirdaryoda 300 nafar aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi

Janubiy koreyalik shifokorlar Sirdaryo viloyatida aholini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

“Sog‘lom avlod uchun” xalqaro xayriya fondi hamda Koreya Respublikasining “Ewha Womans University” gospitali o‘rtasida tuzilgan hamkorlik kelishuvi doirasida tashkil etilgan tadbirda 300 nafarga yaqin aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi.

– Maqsadimiz o‘zbekistonlik shifokorlar bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, tajriba almashish va aholi salomatligini saqlashga hissa qo‘shishdir, – deydi “Ewha Womans University“ gospitali shifokori Jang Yong Choy. – Keyingi yillarda yurtingiz tibbiyot sohasida salmoqli yutuqlarni qo‘lga kiritayotganini alohida e’tirof etish kerak. O‘zbekiston – Janubiy Koreya o‘rtasida bu sohada o‘zaro hamkorlik munosabatlari mustahkamlanayotganidan xursandmiz.

Tibbiy ko‘rik davomida bir guruh bemorlarga bepul dori-darmon, sanitariya-gigiyena va tibbiyot vositalari tarqatildi.

A.Qayumov, O‘zA
2 241