Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.12.2017 15:38 Chop etish versiyasi

Konstitutsiyaning yangi nashrida so‘nggi yillarda Asosiy qonunimizga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar o‘z ifodasini topgan

1992-yil 8-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinishi mamlakatimiz hayotida muhim tarixiy voqea bo‘ldi.

Mustaqil taraqqiyot yillarida Konstitutsiyamiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyati, erkin bozor munosabatlari va xususiy mulk ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni qurish, xalqimiz uchun tinch, obod va farovon hayot barpo etish, O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. 

Bosh qomusimiz Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa asosiy xalqaro hujjatlar talablariga to‘la mos holda, inson va fuqarolarning shaxsiy huquq va erkinliklari, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini kafolatlab berdi. Insonning ma’naviy kamol topishi va har tomonlama uyg‘un rivojlanishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.

O‘tgan davr mobaynida Konstitutsiyamizda muhrlab qo‘yilgan tamoyil va qoidalar negizida milliy qonunchilik tizimi barpo etildi. Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va harbiy salohiyati yuksalishiga, hayotimizning barcha sohalarida amalga oshirilgan samarali islohotlarga asos bo‘ldi.

Fuqarolarimiz huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, ularning siyosiy faolligini oshirishda ham Konstitutsiyaning o‘rni va ahamiyati beqiyos ekanini alohida ta’kidlash joiz.

Konstitutsiyamizda belgilangan qonun ustuvorligi prinsipi jamiyatimizda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, barcha islohotlarni samarali amalga oshirishning muhim kafolatidir.

O‘tgan davrda qabul qilingan 400 dan ortiq qonun hayotimizning barcha sohalarini huquqiy tartibga solish bilan birga, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 20-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishi Asosiy qonunimizga bo‘lgan yuksak e’tibor namunasi bo‘lishi bilan birga, uni yanada puxta o‘rganish, targ‘ib etishga oid ishlarni yangi bosqichga ko‘tardi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “O‘zbekiston” nashriyoti tomonidan yangidan nashrdan chiqarilgani Bosh qomusimizning 25 yillik ayyomiga munosib tuhfa bo‘ldi. Konstitutsiyaning yangi nashrida so‘nggi yillarda Asosiy qonunimizga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar o‘z ifodasini topgan.

Kitob o‘zbek, qoraqalpoq, rus va ingliz tillarida ko‘p ming nusxada chop etildi.

O‘zA
1 883






Все о погоде - Pogoda.uz