Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.12.2017 14:48 Chop etish versiyasi

Konstitutsiya targ‘ibotiga oid aksiya

Konstitutsiya targ‘ibotiga oid aksiya Farg‘onada O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan «Bosh qomusimiz – erkinlik va farovonlik kafolati» shiori ostida targ‘ibot aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Viloyat hokimligi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha viloyat kengashlari va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilayotgan tadbirlar aholi, ayniqsa yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularda Konstitutsiyamizga hurmat, Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usini kuchaytirish maqsadiga qaratilgan.

4.JPG

Shahar xiyobonlari, bozorlar, ta’lim maskanlari, aholi gavjum joylarda Bosh qomusimizning mazmun-mohiyati aks etgan plakat va bukletlar joylashtirilmoqda. Konstitutsiyamizning mamlakat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini tushuntirishga qaratilgan muloqotlar tashkil etilmoqda. Ta’lim muassasalarida «Konstitutsiyani o‘rganamiz», «Konstitutsiya – mening taqdirimda», «Inson huquqlari – eng oliy qadriyat», «Konstitutsiya – taraqqiyotimiz poydevori» kabi mavzularda turli tadbir va insholar tanlovi o‘tkazilmoqda.

Muqimjon Qodirov (surat), O‘zA
845






Все о погоде - Pogoda.uz