Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.12.2017 13:42 Chop etish versiyasi

Konstitutsiya – jamiyat hayotining mezoni

Ayni kunlarda respublikamiz bo‘ylab Bosh qomusimizning jamiyatdagi o‘rni va ahamiyati, mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganish, yosh avlodning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, Konstitutsiyamizni keng targ‘ib qilishga qaratilgan tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi akademik litseyda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Toshkent shahar kengashi tomonidan tashkil etilgan «Konstitutsiya – demokratik jamiyat qurishning huquqiy poydevori» mavzuidagi tadbir ham ushbu maqsadlarga xizmat qiladi.

Konstitutsiyamiz mamlakatimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish, inson huquq va erkinliklari, xalqimizning tinch, osoyishta va farovon hayotini ta’minlash hamda O‘zbekistonning xalqaro maydonda munosib o‘rin egallashida mustahkam huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, yoshlarga oid huquq va erkinliklar, davlat va jamiyat oldidagi burch va vazifalar xususida so‘z yuritildi. Ishtirokchilarga Konstitutsiyaning yaratilish tarixi, uning demokratik huquqiy davlat barpo etish va inson manfaatlarini ta’minlashdagi ahamiyati, Bosh qomusimizning xalqchilligi, xalqaro huquq normalariga mosligi, shu bilan birga, o‘ziga xos jihatlari haqida ma’lumot berildi.

Nurillo Nasriyev, O‘zA
5 574