Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.04.2018 20:15 Chop etish versiyasi

Koinotga sayohat

Koinotga sayohat Poytaxtlik o‘quvchilar Toshkent shahar planetariysiga sayohat uyushtirdi.

6.JPG

Koinot, osmon, cheksizlik... Hamon insoniyat hayratiga sabab bo‘lib kelayotgan bu tushunchalarga, ayniqsa, bolajonlarning qiziqishi baland. Goh hayrat, goh qiziqish bilan kitoblardan ularni o‘rganar ekan, o‘sha olamga bir muddat bo‘lsa-da, tushib qolgisi keladi...

14.JPG

Toshkent shahar planetariysiga uyushtirilgan sayohat poytaxtlik o‘quvchilarga ana shunday imkoniyat berdi.

18.JPG

16.JPG

9.JPG

Toshkent shahar hokimligi va madaniyat boshqarmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda bolalar koinot sirlarini chuqurroq o‘rgandi, astronomiya fani haqida qo‘shimcha ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Biroz muddat o‘zlarini koinotga tushib qolgandek his qildi, tasavvurlari yanada kengaydi. Ulug‘ bobomiz Mirzo Ulug‘bek haqidagi ma’lumotlar hamda bu yerdagi «Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi» bolajonlar uchun, ayniqsa, qiziqarli bo‘ldi.

Mohigul Qosimova, Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA
2 151