O‘zA O`zbek

12.12.2017 19:39 Chop etish versiyasi

Ko‘pqavatli uylarni qurish qanchaga tushadi?

Ko‘pqavatli uylarni qurish qanchaga tushadi? Chirchiq shahrida yangilangan namunaviy loyihalar asosida barpo etilgan uchta 7 qavatli uy foydalanishga topshirildi.

Bugungi kunda Toshkent viloyatida ko‘p qavatli turar joylar barpo etish, xizmat ko‘rsatish va qulay infratuzilmani shakllantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan yangi loyihalar hisobiga aholining turmush darajasi yaxshilanmoqda.

– Shunday ko‘rkam va zamonaviy turar joyda yashashni orzu qilardik, – deydi yangi uy sohiblaridan biri F.Bahromov. – Davlatimiz tomonidan yosh oilalarga imtiyozli kredit asosida arzon uy-joy olish, baxtli va farovon hayot kechirish uchun katta imkoniyat yaratilmoqda. Uyimizda tabiiy gaz, elektr energiyasi, ichimlik suvi va isitish tizimi o‘z maromida ishlamoqda. Bunday e’tibor uchun Prezidentimizdan minnatdormiz.

Uylar atrofida dam olish joylari, bolalar maydonchalari, avtomobillar uchun turargoh barpo etilgan.

Yangi uylar Prezidentimizning 2016-yil 22-noyabrdagi “2017-2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida bunyod etilgan. Uylarning qurilish-montaj ishlariga 13 milliard 589 million so‘m mablag‘ sarflangan.

Abdulaziz Musayev, O‘zA
10 290