Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.05.2018 13:49 Chop etish versiyasi

Ko‘plab yoshlar ishli bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi markaziy kengashi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan yoshlar haftaligi doirasida namunaviy mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mehnat yarmarkasi Kasbi tumani yoshlari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratdi. Ko‘chma mehnat yarmarkasida qo‘shni tumanlardan ham bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.

– Ushbu ko‘chma mehnat yarmarkasida viloyatdagi tashkilotlar 4 mingdan ortiq ish o‘rni taklif etdi, – deydi Kasbi tumani prokurori B.Ismatov. – O‘tkazilayotgan mehnat yarmarkalari orqali ko‘plab yoshlar ish bilan ta’minlanmoqda. Masalan, bugungiyarmakada menga tegishli sektor bo‘yicha 80 nafar ishsiz fuqaro jamoat ishlariga jalb etildi. Bundan tashqari, “Ustoz-shogird” an’anasi yo‘lga qo‘yilgan. Bu bo‘yicha bugun 8 tadbirkor ro‘yxatga olindi. Ularning har biri o‘rtacha 5 nafardan shogird tayyorlaydi. Kasbga o‘qitilish jarayonida shogirdlarga stipendiya to‘lanadi.

Mehnat yarmarkasida murojaat qilganlarning 140 nafari o‘z mutaxassisligibo‘yicha ishga yo‘llanma oldi. 60 nafar yigit-qiz kasb-hunarga yo‘naltirilgan bo‘lsa, 350ishsiz fuqaro jamoat ishlariga jalb etiladigan bo‘ldi.

Tumanning Rovot qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Oybek Tursunov ham kollejni bitirib, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish izlab yurgan edi. Bugungi tadbirda umaqsadiga erishdi.

– “Kasbi umumiy ovqatlanish” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga oshxona ishchisi sifatida ishga qabul qilindim, – deydi O.Tursunov. – Bundan juda xursandman. Boisi, endi men ham o‘z mehnatim bilan oilamizbyudjetiga hissa qo‘sha olaman.

Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida natijadorlik muhim. Ish so‘rab murojaat qilayotganlarga qulaylik yaratish maqsadida tumanning 4 sektorida ham xuddi shunday tadbirlar tashkil etilmoqda.

O‘lmas Barotov, O‘zA
2 867