Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.06.2018 15:13 Chop etish versiyasi

Ko‘ngilli fuqaro Xalil Juldiboyevda ichimlik ta’sirini bilish uchun tibbiy tekshiruv o‘tkazildi

Ko‘ngilli fuqaro Xalil Juldiboyevda ichimlik ta’sirini bilish uchun tibbiy tekshiruv o‘tkazildi
Poytaxtimizda o‘tkazilayotgan quvvat beruvchi ichimliklar iste’molini taqiqlashga oid aksiya doirasidagi tadbirlar tafsilotlari xususidagi xabarlarni berishda davom etamiz.

57c26749-a565-4ec1-8b8d-4bdb75180165.jpg
5b462cf6-753e-4859-98e9-9e5637f396b9.jpgToshkent shahrida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan tashkil etilgan quvvat beruvchi (energetik) ichimliklarning inson salomatligiga salbiy ta’siri, uning iste’moli va ishlab chiqarilishini tartibga solishga oid aksiyasi doirasida ko‘ngilli fuqaro Xalil Juldiboyevda tibbiy tekshiruv o‘tkazildi.

X.Juldiboyevdan Yakkasaroy tuman tibbiyot birlashmasi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida terapevt, kardiolog ko‘rigi tashkil etildi va qon analizlari olindi. Ushbu ichimlik iste’molidan oldin EKG, qon tahlili tekshiruvlari va qon bosimi o‘lchanganida hammasi me’yorida ekani qayd etildi. 

Yurtdoshimiz oldin bu kabi ichimliklarni umuman iste’mol qilmagani, odatda qon bosimida o‘zgarishlar bo‘lib turishini aytdi.

Energetik ichimlikni iste’mol qilganidan so‘ng bir oz muddat o‘tgach, shifokorlar qayta tekshiruvlar olib bordi. Natija esa salbiy. X.Juldiboyevda qon bosimi oshgan, yurak faoliyati tezlashgan va qand miqdori ham kutilganidan yuqori ko‘rsatkichda.

b204ce5a-c262-4275-80af-0d9dc3ddfaec.jpg
– Inson organizmi murakkab, – deydi terapevt Komila Musayeva. – Shuningdek, individual xususiyatlarga ham ega. Kimgadir bir martada shunaqa salbiy ta’siri namoyon bo‘ladi. Kimdadir bu bir necha bor iste’molda ko‘rinadi. Shu bois bu kabi ichimliklarni iste’mol qilayotganda inson o‘z salomatligini xavfga qo‘ymagan holda, qaror qabul qilishi kerak.

O‘zA
1 579