O‘zA O`zbek

18.04.2018 12:33 Chop etish versiyasi

Kitobxonlik targ‘ibotiga bag‘ishlandi

Kitobxonlik targ‘ibotiga bag‘ishlandi
Termiz shahridagi “Bolajon” istirohat bog‘ida “Bolajon – sening shodligining uchun bo‘sh vaqtimni ajrataman” mavzuida kitobxonlik tadbiri o‘tkazildi.

Prezidentimizning 2017 yil 13 sentabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yozuvchi va shoirlar, yoshlar ishtirok etdi.

Viloyat axborot-resurs markazi tomonidan namoyish etilgan ko‘rgazmada 700 dan ziyod nomdagi adabiy-badiiy, ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ommabop hamda bolalar adabiyotiga oid kitoblar taqdim etildi.

Tadbir doirasida umumta’lim maktablari o‘quvchilari tomonidan o‘zbek mumtoz asarlari asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

2.jpg

3.jpg

5.jpg

10.jpg


Jonibek Qo‘zimurodov (surat) O‘zA
5 726