Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.04.2017 14:51 Chop etish versiyasi

Kitoblar ezgulikka chorlaydi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida "Kitoblar ezgulikka chorlaydi" deb nomlangan adabiy viktorina bo‘lib o‘tdi.

Unda Toshkent shahridagi umumta’lim maktablari o‘quvchilarining kitobxonlikka oid bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan mamlakatimizda bolalarning mutolaaga, yaxshi kitobga bo‘lgan mehrini yanada kuchaytirish, mustaqil o‘qishga oid ko‘nikmalarini shakllantirish va mustahkamlashga katta e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi maktab o‘quvchilarini kitobga yanada yaqinlashtirish, ularning badiiy asarga bo‘lgan ishtiyoqi, ixlosi va hurmatini oshirish, mamlakatimiz nashriyotlarida chop etilayotgan eng yangi bolalar adabiyoti bilan tanishtirishga oid ko‘plab ma’rifiy loyihalarni amalga oshirmoqda. “INFOLIB” Milliy axborot-kutubxona haftaligi, turli ijodiy tanlovlar, adabiy viktorinalar, yozuvchi va shoirlar bilan ijodiy uchrashuvlar, kitob ko‘rgazmalari o‘g‘il-qizlar kitobxonligini yuksaltirishdek maqsadlarga xizmat qilmoqda.

– Men Xudoyberdi To‘xtaboyev, Tursunboy Adashboyev, Anvar Obidjon singari sevimli adib va shoirlarimizning kitoblarini doimiy o‘qib boraman, – deydi Shayxontohur tumanidagi 10-maktabning 7-sinf o‘quvchisi Kamron Erkaev. – Kitoblar Vatanni ko‘z qorachig‘idek asrashga, tinch hayotimizni, ota-onamiz, maktabimiz, mahallamizning qadriga yetishga, kattalarni hurmat qilishga, mehnatsevarlik, odobga o‘rgatadi. Kitob qanchalik qimmatli do‘st ekanini ushbu kutubxona, undagi imkoniyatlar orqali yana bir bor tushunib yetdim.

Adabiy viktorinada o‘quvchilarning milliy va jahon adabiyoti, bolalar yozuvchi va shoirlarining ijodiga oid bilimlari sinovdan o‘tkazildi. Intellektual bellashuvda faol qatnashgan bolalarga sovg‘alar topshirildi.

Nazokat Usmonova, O‘zA
1 292






Все о погоде - Pogoda.uz