Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.04.2017 20:40 Chop etish versiyasi

Kitob – qalbning qaynoq bulog‘i

Milliy matbuot markazida «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan «Kitobsiz kelajak yo‘q» mavzuida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Kompaniya bosh muharriri A.Ahmedov va boshqalar xalqimiz, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy ahamiyatga ega kitoblarni chop etish, o‘quvchilar talabi va ehtiyoji bo‘yicha kitoblarni ko‘p adadda, arzon narxlarda bosib chiqarish va ommaga yetkazish hamda kitob savdosidagi ishlarni muayyan tizimga solish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar amaliy samaralar berayotganini ta’kidladi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 12-yanvardagi "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida"gi farmoyishi bu boradagi ishlarni yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirishda muhim qadam bo‘ldi.

– Kitobxonlarga bugungi kun talabi darajasida mazmunli va sifatli kitoblar yetkazib berish nashriyotimizning asosiy maqsadidir, – deydi bosh muharrir o‘rinbosari N.Jo‘rayev. – Shu bois biz ularning talab va ehtiyojidan kelib chiqib, kitoblar chop etishga harakat qilmoqdamiz. O‘tgan yili ikki yuzga yaqin nomdagi kitobning nashr etilishi ham shunday harakatlarimiz samarasidir.

Tadbirda kitobxon va kitobxonlik madaniyatini oshirish masalalari, yangi kitoblar nashri, ularni ommaga yetkazish, kitob savdosini tashkil etish, bu boradagi kelgusi rejalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbirda jurnalistlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Nasiba Ziyodullayeva, O‘zA
2 125






Все о погоде - Pogoda.uz