Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.12.2017 16:33 Chop etish versiyasi

Kelin o‘g‘ri ekan

Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani ichki ishlar bo‘limiga B.S ism-sharifli fuqaro ariza bilan murojaat qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, noma’lum shaxs uning uyi devoriga osilgan xarita orqasidan 1000 AQSH dollari, javon ichidagi 385 ming so‘m pul hamda har biri 750 ming so‘mlik bir dona ayollar uzugi va bir zirakni o‘g‘irlab ketgan.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida jinoyatchi aniqlandi. Buni qarangki, o‘g‘ri begona emas, jabrdiydaning kelini D.S bo‘lib chiqdi.

D.S ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Xalqimiz bag‘rikeng va kechirimli. Oilani muqaddas deb biladi. Uning sha’ni haqida biror nojo‘ya gap tarqalishini istamaydi. Bu voqeada ham shunday bo‘ldi. Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tumani sudi ishni ko‘rib chiqdi. Sud kelinning o‘z aybiga iqror bo‘lib, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligi, jabrdiydaga yetkazilgan zararni to‘liq qoplaganini inobatga olib, qonunchilikka ko‘ra, tomonlarning yarashuvi munosabati bilan D.S.ni jinoiy javobgarlik va jazodan ozod etdi.

Erkin Yodgorov, O‘zA
2 160