Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.09.2017 14:14 Chop etish versiyasi

Karmana tumanida “Kitob olami” zamonaviy savdo majmuasi ish boshladi

Karmana tumanida “Kitob olami” zamonaviy savdo majmuasi ish boshladi Prezidentimizning 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosi doirasida barpo etilgan majmuaning ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, keng jamoatchilik, yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda aholi, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy va intellektual ehtiyojini qondirish, kitobga qiziqishini oshirish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish, yoshlarni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Majmuada 10 ga yaqin bo‘lim bo‘lib, yurtimiz nashriyotlarida chop etilgan ilmiy-texnik, siyosiy-huquqiy, badiiy adabiyotlar, o‘quv qo‘llanmalari, bolalar adabiyotiga oid 30 mingdan ortiq kitob sotilmoqda. Kitobxonlar uchun barcha qulaylik yaratilgan. Jumladan, mutolaa burchagi tashkil etilgani o‘quvchiga shu yerda kitob bilan tanishish, uning ilmiy-badiiy qimmati haqida tasavvur hosil qilish, bir so‘z bilan aytganda, tanlash imkonini beradi.

19.JPG

– Katta shaharlardagidan qolishmaydigan mana shunday zamonaviy kitob do‘koni bizning tumanda ham bo‘lishini orzu qilardik, – deydi Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi, “Shuhrat” medali sohibi L.Qayumov. – Mamlakatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga qaratilayotgan alohida e’tibor tufayli bu orzuimiz amalga oshdi. Ayniqsa, bu yerda yaratilgan sharoit va qulayliklar ma’rifatni targ‘ib qilish, ma’naviyatni boyitishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Majmuaning ochilish marosimida Navoiy viloyati hokimi Q.Tursunov so‘zga chiqdi.

Nuriddin Rahimov, Siroj Aslonov (surat), O‘zA
1 449






Все о погоде - Pogoda.uz