O‘zA O`zbek

12.03.2018 13:17 Chop etish versiyasi

Kanalda cho‘kayotgan shaxs qutqarildi

Kanalda cho‘kayotgan shaxs qutqarildi Olmazor tumanidagi 17-sonli Ichki ishlar bo‘limi profilaktika inspektori mayor O‘rol Nurjonov “Qichqiriq” kanalidan qutqarilgan shaxs bilan bog‘liq voqea tafsilotlarini O‘zA muxbiriga gapirib berdi.

– Toshkent shahar Olmazor tumani Mirzo ko‘chasi, 17-uyda doimiy ro‘yxatda turuvchi 2000 yilda tug‘ilgan fuqaro Niyozov Hasan Qobil o‘g‘li ehtiyotsizligi oqibatida sirg‘anib ketgan, – deydi O‘.Nurjonov. – Gap shundaki, u yaqin hududdagi ko‘p qavvatli uylarning birida ta’mirlash ishlarida ishlaydi. U idishga suv olish uchun kanalga keladi. Shunda oyog‘i toshda sirg‘anib tushib ketgan. Mazkur holatdan jinoyat alomatlari sezilmadi.

5aa4fb2a719a9.jpg

Hasan Niyozov:

– Suzishni bilsam-da, suvning haddan ziyod sovuqligi bois chap oyog‘im tomiri tortishib qoldi. Harakat qilishning umuman imkoni bo‘lmadi. Holdan toyib, endi hammasi tomomligiga o‘zimni ishontira boshladim. Shu topda qanday ahvolda ekanimni so‘z bilan tushintirishning imkoni yo‘q. Baxtimga uchastka nozirlari bor ekan, ularning sharofati bilan omon qoldim. Ulardan cheksiz minnatdorman. 

5aa4fb35906ec.jpg

Eslatib o‘tamiz, shu yilning 9-mart kuni “Xavfsiz hudud” tadbiri davomida profilaktika inspektorlari mayor O‘.Nurjonov hamda leytenant J.Abdulboqiyev “Qichqiriq” kanalida cho‘kayotgan shaxsni ko‘rib qoladilar. Leytenant J.Abdulboqiyev o‘ylab o‘tirmasdan suvga tushib, cho‘kayotgan shaxsni qutqaradi va uni soxilga olib chiqadi. Tez-tibbiy yordam yetib kelgunga qadar ichki ishlar xodimlari jabrlanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatishadi.

5aa4fb3a6ecba.jpg

5aa4fb3fd41f4.jpg

5aa4fb444fac0.jpg

5aa4fb5195e7d.jpg

Farhod Erkinov
9 310